«noqonuniy daraxt kesish» tegli maqolalar


Xorazmda 81 tup daraxt kesgan fermer xo‘jaligi rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
6 fevral 2024, 09:23

Xorazmda 81 tup daraxt kesgan fermer xo‘jaligi rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Gurlan tumanida fermer xo‘jaligi rahbari 81 tup biologik sog‘lom turong‘il daraxtini noqonuniy kesgani aniqlandi. Buning oqibatida tabiatga 618,1 mln so‘mlik zarar etkazilgan. Xo‘jalik rahbariga jinoyat ishi ochildi.

Andijonda 6 tup chinor kesganlarga jinoyat ishi ochildi
1 fevral 2024, 11:22

Andijonda 6 tup chinor kesganlarga jinoyat ishi ochildi

Asaka tumanida ko‘p yillik 6 tup chinor daraxti kesilishi oqibatida tabiatga 317 mln so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Buxoroda 4 tup daraxt qo‘porgan korxona rahbariga 400 tup daraxt ekish majburiyati yuklandi
5 sentabr 2023, 14:32

Buxoroda 4 tup daraxt qo‘porgan korxona rahbariga 400 tup daraxt ekish majburiyati yuklandi

G‘ijduvon tumanida yo‘l qurilishi sababli 4 tup manzarali daraxt qo‘porib tashlangani aniqlandi. Buning oqibatida tabiatga 50 mln so‘mlik zarar etgan. Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbariga 400 tup daraxt ekish va uni parvarishlash majburiyati yuklandi.

Surxondaryoda avtomobil yo‘lini kengaytirish uchun 67 tup daraxt kesib tashlandi
26 avgust 2023, 10:53

Surxondaryoda avtomobil yo‘lini kengaytirish uchun 67 tup daraxt kesib tashlandi

Oltinsoy tumanida avtomobil yo‘lini kengaytirish maqsadida 67 tup daraxt noqonuniy kesildi. Avvalroq tuman hokimligi mas’uli ularni kesishga ruxsat so‘ragan, ammo ekologiya bo‘limi bunga ruxsat bermagan. Bu harakat orqali o‘simlik dunyosiga salkam 300 mln so‘m zarar yetdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryoda 17 tup archaga shikast yetkazilgani aniqlandi
22 avgust 2023, 15:45

Qashqadaryoda 17 tup archaga shikast yetkazilgani aniqlandi

Dehqonobod tumanida 6 tup archa tagidan, 11 tup archaning esa yon shoxlari kesib tashlangani uchun o‘rmon qo‘riqchisiga 3,3 mln so‘m jarima qo‘llandi. Tabiatga 18 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Qashqadaryoda shifoxonadagi 17 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi
1 avgust 2023, 16:17

Qashqadaryoda shifoxonadagi 17 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi

Qashqadaryoda xususiy korxona viloyat bolalar shifoxonasi maydonidagi 17 tup manzarali daraxtni noqonuniy kesib tashlagani aniqlandi. Holat huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan o‘rganilmoqda.

Yil boshidan buyon daraxtlarni kesishdan ko‘rilgan zarar 3,6 mlrd so‘mni tashkil etdi
20 iyul 2023, 19:51

Yil boshidan buyon daraxtlarni kesishdan ko‘rilgan zarar 3,6 mlrd so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda yilning birinchi yarmida 2 mingdan ortiq daraxt va butalarni noqonuniy kesish holatlari aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar 3,6 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Namanganda 4 tup daraxt kesgan fuqaroning ozodligi 2 yilga cheklandi
4 iyul 2023, 17:02

Namanganda 4 tup daraxt kesgan fuqaroning ozodligi 2 yilga cheklandi

Namangan tumanida 4 tup qimmatbaho sadaqayrag‘och daraxtini kesib yuborgan fuqaroga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Undan o‘simlik dunyosiga yetkazgan zarari uchun 326 mln so‘m zarar ham undiriladi.

Samarqandda 50−55 yillik 9 tup qayrag‘och noqonuniy kesib tashlandi
20 iyun 2023, 17:39

Samarqandda 50−55 yillik 9 tup qayrag‘och noqonuniy kesib tashlandi

Bulung‘ur tumanida yo‘l yoqasiga ekilgan, qariyb 50−55 yillik 9 tup qayrag‘och kesib tashlandi. Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 744,6 mln so‘m zarar yetgan.

Xorazmda daraxtlarni noqonuniy ravishda kesgan ferma raisi ozodligi 2 yilga cheklandi
15 iyun 2023, 17:19

Xorazmda daraxtlarni noqonuniy ravishda kesgan ferma raisi ozodligi 2 yilga cheklandi

Qo‘shko‘pir tumanida 83 tup har xil kattalikdagi daraxtni qo‘porgan va 3 tup daraxtga shikast yetkazgan ferma raisining ozodligi 2 yilga cheklandi. Shuningdek, 193,8 mln so‘m miqdorida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni ham qoplashi belgilandi.

Surxondaryoda ferma raisi 8 tup daraxtni kesish uchun 5 mln so‘mga sotib yuborgani aniqlandi
12 iyun 2023, 09:34

Surxondaryoda ferma raisi 8 tup daraxtni kesish uchun 5 mln so‘mga sotib yuborgani aniqlandi

Oltinsoy tumanida ferma raisi 8 tup eldor qarag‘ayi daraxtini fuqaroga 5 mln so‘mga baholab, kesish uchun sotib yuborgani aniqlandi. Buning oqibatida tabiatga 550 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazildi.

Andijonda 3 tup chinor daraxtini noqonuniy kesganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
13 aprel 2023, 09:44

Andijonda 3 tup chinor daraxtini noqonuniy kesganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Izboskan tumanida fuqarolar 3 tup chinor daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib ketdi. Oqibatda tabiatga 131 mln so‘mlik zarar yetdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryo va Toshkent viloyatida 80 tupga yaqin daraxt kesib tashlandi
4 aprel 2023, 10:02

Qashqadaryo va Toshkent viloyatida 80 tupga yaqin daraxt kesib tashlandi

Qashqadaryoda 30 tup manzarali daraxt, Toshkent viloyatida esa 48 tup pista daraxti o‘tin qilish uchun kesib tashlangani aniqlandi. Xususan, Qarshi shahrida o‘simlik dunyosiga 151 mln so‘m zarar yetgan.

Toshkentda 35 tup daraxtni kesib tashlaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
19 fevral 2023, 11:59

Toshkentda 35 tup daraxtni kesib tashlaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida firmaga berilgan hududda 35 tup daraxt noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 196 mln so‘m zarar yetgani ma’lum bo‘ldi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2022 yilda daraxtlarni noqonuniy kesishdan ko‘rilgan zarar 10 mlrd so‘mni tashkil etdi
17 fevral 2023, 16:35

2022 yilda daraxtlarni noqonuniy kesishdan ko‘rilgan zarar 10 mlrd so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda 2022 yilda daraxt va butalarni noqonuniy kesish bo‘yicha 4599 ta holat aniqlangan. Taqqoslash uchun, 2021 yilda 8243 ta qoidabuzarlik qayd etilgan. Tabiatga yetkazilgan zarar 10 mlrd so‘mga baholanmoqda. Qurilish maydonchalarida to‘siqlar bilan o‘ralgan 24 ming daraxt xavf ostida qolmoqda.

Surxondaryoda 4 tup chinor kesganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
17 fevral 2023, 09:50

Surxondaryoda 4 tup chinor kesganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qiziriq tumanidagi xo‘jalikda o‘suvchanligini yo‘qotmagan 4 tup katta yoshli chinor kesib ketildi. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 216 mln so‘m zarar yetkazildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish prokuraturaga yuborildi.

Qashqadaryoda xorijiy kompaniya 560 tup daraxtni qo‘porib tashladi
12 yanvar 2023, 10:28

Qashqadaryoda xorijiy kompaniya 560 tup daraxtni qo‘porib tashladi

Kasbi tumanida “Indorama agro” xorijiy kompaniyasi 560 tup har xil turdagi va diametrdagi daraxtni qo‘porib tashlagani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 2,8 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.

Xorazmda 83 tup daraxt noqonuniy qo‘porib tashlangani aniqlandi
18 dekabr 2022, 10:19

Xorazmda 83 tup daraxt noqonuniy qo‘porib tashlangani aniqlandi

Qo‘shko‘pir tumanidagi fermer xo‘jaligida 83 tup har xil kattalikdagi daraxtlar qo‘porilgan, 3 tup daraxt shikastlangani aniqlandi. Holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish maqsadida xujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Surxondaryoda 51 tup daraxt noqonuniy ravishda kesib ketildi
11 dekabr 2022, 13:23

Surxondaryoda 51 tup daraxt noqonuniy ravishda kesib ketildi

Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligida 51 tup daraxt noqonuniy kesib ketildi. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 560 mln so‘m zarar etkazilgani aniqlandi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

Samarqandda 5 tup eldor qarag‘ayi noqonuniy kesilgani aniqlandi
29 sentabr 2022, 10:03

Samarqandda 5 tup eldor qarag‘ayi noqonuniy kesilgani aniqlandi

Samarqandda fuqaro 5 tup eldor qarag‘ayi daraxtini noqonuniy kesib ketgani aniqlandi. Ekologiya qo‘mitasi buning oqibatida o‘simlik dunyosiga 86,4 mln so‘m miqdorda zarar yetganini ma’lum qildi. Hozirda hujjatlar sud organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting